» » Video: Barcha sharoitlari bor yog‘och uycha o‘rnatilgan Ford pikapi

Video: Barcha sharoitlari bor yog‘och uycha o‘rnatilgan Ford pikapi


Alyaskalik Tim Jonson YouTube’dagi kanalida 1996-yilda ishlab chiqarilgan va hozirda kemperga aylantirilgan Ford F-350 yo‘ltanlamasi yordamida amalga oshirgan sayohatlari haqida ma’lumot berib keladi. Timning pikapi kuzoviga yog‘och uycha o‘rnatilgan bo‘lib, uning ichidan ikki o‘rindiqli karavot va shimoliy shtatning qahraton sharoitida omon qolishda yordam beradigan barcha zarur narsalar o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Jonsonning pikapiga 254 ot kuchiga 685 Nm aylanuvchi momentga ega 7,3 litrli Power Stroke V8 dizel dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘z kuzovida yog‘och uyni ko‘tarish va bir vaqtning o‘zida tirkamani tortish imkonini beradi. Uycha kichikroq kabina ko‘rinishida bo‘lib, eng zaif joylariga qadar ishlov berilgan: masalan, pol va burchaklari kuchaytirilgan, bu yo‘ldagi tebranishlar sezilishini kamaytiradi. Uy devori ichiga issiqlikni saqlab qolish uchun suv o‘tkazmaydigan qoplama surtilgan, ikkitalik shishapaketlar va issiqlik izolyatsiyasi qoplangan.

Tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilgan. Yon tomonida esa propanli ballon joylashgan. Shuningdek, ikkita isitgich ham bor: yog‘och va gazda ishlaydigan. Rakovina yo‘q, biroq 22,7 litr sig‘imli kran mavjud. Bundan tashqari, uycha ichidan muzlatkich, ikkita kushetka, yig‘iluvchan karavot o‘rin olgan. Tim pikapni shu ko‘rinishga keltirish uchun 26 ming dollar sarflagan.

Avvalroq avtouylar yaratish va minivenlarni qayta jihozlashga ixtisoslashgan Midwest Automotive Design firmasi Mercedes-Benz Sprinter bazasidagi yangi Daycruiser 144 kemperini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют