» » Lukashenko chet el vositachilari orqali muxolifat bilan muloqot o‘tkazmasligini ma’lum qildi

Lukashenko chet el vositachilari orqali muxolifat bilan muloqot o‘tkazmasligini ma’lum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi vaziyatni hal qilish uchun xorijiy vositachilar ishtirokida muloqot o‘tkazmasligini aytdi, deya xabar bermoqda “Belta”.

“Belarusga mamlakat uchun xorijiy hukumat tuzish taklif etildi. Eshiting, bizda konstitutsiya bo‘yicha tuzilgan oddiy hukumat bor. Bizga hech qanday xorijiy hukumatlar va vositachilarning keragi yo‘q. Menimcha, ushbu respublikalar rahbariyatini xafa qilmasdan aytmoqchiman, siz o‘z mamlakatingizda tartib o‘rnatasiz”, — dedi Lukashenko Belarus Mudofaa vazirligining strategik boshqaruv markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Lukashenko xorijda tuzilgan hukumat hech qachon mamlakatni boshqarmasligini aytib, vaziyatni o‘zlari hal qilishini ma’lum qilgan.

“Mamlakatda nimalar bo‘layotganidan men kabi xabardorsiz. Ular asta-sekin vaziyatni va jamiyatimizni o‘zgartirishni boshlamoqda yoki davom ettirmoqda. Biz mehnat jamoalariga murojaat qilishimiz kerak. Men bu haqda ko‘p marotaba gapirganman. Shuni yana bir marta aytmoqchimanki, bundan hech narsa chiqmaydi. Mamlakatni hech kimga bermaymiz”, — dedi Lukashenko.

Avvalroq Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi. Rahbarlar barcha muammolar tez orada hal qilinishiga ishonch bildirdi, shuningdek, ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaror qilishganini ma’lum qildi.

Shuningdek, iyul oyi oxirida Belarusda hibsga olingan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar a’zosi Rossiyaga qaytarilgani xabar qilingan.

Belarus prezidenti saylovi kampaniyasi davomida amaldagi prezidentga raqobatchi bo‘lgan nomzodlarga turli tazyiqlar va ta’qiblar uyushtirildi. Mamlakatda Aleksandr Lukashenkoning raqiblarini qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar bo‘lib o‘tdi.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Svetlana Tixanovskayaning shtabi 10-avgust kuni kechasi u Belarus Markaziy saylov komissiyasiga borganidan so‘ng yo‘qolib qolganini bildirgan. Kechga yaqin Tixanovskaya aloqaga chiqqan, biroq qayerda ekanligini oshkor etmagan. Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi Svetlana Tixanovskayaga uyushtirilgan suiqasdning oldi olinganini ma’lum qilgan.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdan chiqib ketgani va Litvada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni o‘z xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.

Shuningdek, 11-avgust kuni Tixanovskayaning videomurojaati e’lon qilingan. Unda Tixanovskaya o‘zining ketishi “og‘ir qaror” bo‘lganini ma’lum qilgan. “Men duch kelgan bunday tanlovda qolishni Xudo ko‘rsatmasin”, — degan Tixanovskaya.

Keyinroq Belarus hukumati tarafdori bo‘lgan Telegram kanal Tixanovskayaning boshqa bir videomurojaatini e’lon qildi. Nomzod mazkur murojaatda kameraga qaramasdan, varaqdan o‘z tarafdorlariga qaratilgan va namoyishlarni to‘xtatish haqidagi chaqiruvni o‘qib bergan.

Hozirda Litva hukumati tomonidan Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etilgan.

Aleksandr Lukashenkodan tashqari, prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirib, mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat kiritgan.

Belarusda 9-avgustdan buyon norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют