Buxoroda suv ta’minotini yaxshilashga 4 yil ichida 437,6 mln dollar sarf qilinadi
“Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida ‘Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bergan.
Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385,12 million AQSh dollari miqdorida qarz berilishi ma’qullangan.
Loyihaning umumiy qiymati 437,62 million dollarni, shu jumladan:
Loyiha 4 yil ichida, ya’ni 2020—2023-yillarda amalga oshiriladi.
2020-yil fevral oyida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Xo‘ja yakshanba” mahallasining yo‘llari abgorligi, ichimlik suvi muammosi bor hududlardan biri ekanligi tanqid qilingandi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
