» » Samarqandda geroin giyovhandlik moddasini sotayotgan 65 yoshli shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda geroin giyovhandlik moddasini sotayotgan 65 yoshli shaxs qo‘lga olindi


2020-yilning 5-avgust kuni, taxminan, soat 10:00 da Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida tumandagi “Satang” mahallasida yashovchi 65 yoshli fuqaro M.S. “Anvar” ismli shaxsga 1 million 200 ming so‘mga 2 dona sellofan bo‘lagiga qadoqlangan 0,19 gramm miqdordagi geroin giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida ushlangan M.S. xolislar ishtirokida tintuv qilinganda yonidan 1 million 200 ming so‘m pul topilib, hujjatlashtirilib olingan.

Shuningdek, 2020-yilning 6-avgust kuni shu tumanning “Chumchuqli” mahallasida yashovchi 40 yoshli I.O. “Baxtiyor” ismli shaxsdan 9 million so‘mga giyohvandlik moddasi olib berishini va’da qilgan. Shu kuni, taxminan, soat 19:00 da o‘zining yashash uyida tanishi “Mirzabog‘lon-Chep” mahallasida yashovchi 34 yoshli D.O. dan og‘irligi 41,8 grammga teng bo‘lgan yumshoq holdagi opiy giyohvandlik moddasini 9 million so‘mga sotib olgan. I.O. ushbu giyohvandlik vositasini “Baxtiyor” ismli shaxsga bergan vaqtda qo‘lga olinib, giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют