» » Rossiyada o‘lat qo‘zg‘atuvchilari topildi. Tuva va Oltoyda aholi vaksinatsiya qilinmoqda

Rossiyada o‘lat qo‘zg‘atuvchilari topildi. Tuva va Oltoyda aholi vaksinatsiya qilinmoqda


Tuva Rospotrebnadzor boshqarmasi xodimlari mintaqaning Ovyur hamda Mongun-Tayga tumanlarida o‘lat qo‘zg‘atuvchisining tabiiy o‘choqlarini aniqladi. O‘lat epizootiyasi umumiy maydoni 340,1 kvadrat kilometr bo‘lgan Bora-Shaysk, Saglinsk, Karginsk va Kara-Beldir mezoo‘choqlarida ham qayd etilgan, deb xabar beradi National Geographic.

Ovyur tumanida xavf 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Xaydagayt posyolkasi hududida aniqlangan. Epidemiologiya otryadi xodimlari bu yerda zudlik bilan dezinfeksiya ishlarini amalga oshirib, qishloq atrofidagi to‘rt ming gektar maydonni o‘lat tashuvchilaridan tozalagan.

Shuningdek, Yersinia pestis o‘lat tayoqchasi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Tuvaning Oltoy bilan chegarasida joylashgan Ukok platosidan ham topilgan. Oltoy o‘latga qarshi stansiyasi direktori o‘rinbosari Aleksandr Mishekoning ma’lum qilishicha, bu kabi holat 60 yildan buyon birinchi bor qayd etilmoqda.

“So‘nggi yillarda epizootik hududlarning faol kengayishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi 60 yil ichida birinchi bor shu yilning iyulida Ukok platosida qayd etilgan o‘lat epizootiyasi xavfli hisoblanadi. Ukok platosiga ko‘plab turistlar tashrif buyuradi. Plato hududidan Jazator qishlog‘i chorvadorlari qishlashda foydalanadi”, — deydi Aleksandr Mishenko.

Epizootiya — ma’lum bir hududdagi bir yoki ko‘plab hayvon turlari orasida infeksion kasalliklarning tarqalishiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, hayvonlar epidemiyasi.

Kasallikning odamlarga yuqishi birinchi navbatda mollarni so‘yish, brakonyerlik ovlari, shuningdek, kasallangan hayvonning burga yoki jo‘laklar chaqishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin.

Tuvadagi Sholban Kara-ool rahbari infeksiyasi o‘chog‘i yaqinida yashovchi 14 ming aholini immunizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan. Oltoy Respublikasida esa 18 090 kishi vaksinatsiya qilingan. Shuningdek, mahalliy tuyalarga ham vaksinalangan.

MDU Biologiya fakulteti Virusologiya kafedrasi professori Aleksey Agranovskiyning ta’kidlashicha, Rossiya aholisi orasida o‘lat tarqalish ehtimolligi minimal.

Iyul oyining boshlarida Xitoy shimolidagi Bayan-Nur shahrida qora o‘lat xavfining uchinchi darajasi e’lon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют