» » Pentagon NUJlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh yaratilganini tasdiqladi

Pentagon NUJlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh yaratilganini tasdiqladi


AQSh Mudofaa vazirligi noma’lum uchar jismlar (NUJ) paydo bo‘lish holatlarini kuzatuvchi ishchi guruhni tuzdi. Bu haqda Pentagon saytida xabar berildi.

“Mudofaa vazirligi tabiat hamda noma’lum uchar obyektlar haqida tushunchalarni boyitish yo‘lida NUJ bo‘yicha ishchi guruh tuzdi. Ishchi guruh missiyasi NUJlarni aniqlash, tahlil qilish va AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatini shakllantirishdan iborat”, — deyiladi idora xabarida.

Aprel oyining oxirida Pentagon o‘z rasmiy saytida noma’lum uchar jismlar parvozi aks etgan videolarni e’lon qildi. AQSh Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uchta videorolikning bittasi 2004-yilda tasvirga tushirilgan, qolgan ikkita video esa 2015-yil yanvarida olingan. Keyinroq rossiyalik uchuvchi Pentagon e’lon qilgan mazkur videolarni tahlil qilgandi.

Iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp NUJga bog‘liq holatlardan biriga doir maxfiy hujjatlarni oshkor qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishini ma’lum qilgandi. U 1947-yilda sodir bo‘lgan — o‘shanda Nyu-Meksikodagi rancholardan birining egasi noma’lum apparat qoldiqlarini topib olgan. AQSh Harbiy-havo kuchlari bu maxfiy loyiha doirasida foydalanilgan meteozond bo‘lganini ta’kidlagan, biroq ushbu holatdan so‘ng NUJlarga bog‘liq farazlar yuzaga kelgan.

Mavzuga doir: Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют