» » Isroil Madrimov professional boksdagi 6-jangida ham g‘alaba qozondi

Isroil Madrimov professional boksdagi 6-jangida ham g‘alaba qozondi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida 37 yoshli Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Jangning dastlabki raundlarida ustunlik amerikalik bokschi tomonida bo‘ldi, biroq Isroil vaqt o‘tgan sari vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirdi va bir necha raundni o‘z foydasiga hal qildi. 7 va 8-raundlar Madrimov uchun qiyin kechdi. Biroq o‘zbekistonlik bokschi tezda o‘ziga keldi va 9-raundda raqibini chuqur nokaut holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bosh hakam tushunarsiz qarori bilan nokautni bekor qildi va Uoker o‘ziga kelib olishi uchun besh daqiqalik tanaffus berdi.

Madrimov qolgan raundlarda ham faollik ko‘rsat va hatto 12-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan (116-110, 116-111, 116-110) Isroilni g‘olib deb topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют