» » Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor yarim finalda Angliya, Ispaniya yoki Italiya klubi bo‘lmaydi

Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor yarim finalda Angliya, Ispaniya yoki Italiya klubi bo‘lmaydi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

? final bosqichida Germaniya va Fransiyaning ikkitadan klubi o‘ynaydi: “Lion” — “Bavariya”, PSJ — “Leypsig”.

“Lion” chorak finalda “Manchester Siti”ni qoldirib ketgan bo‘lsa, “Bavariya” esa “Barselona”ni tor-mor qildi. PSJ “Atalanta”ning yarim finalga chiqishiga yo‘l bermadi. Shu tariqa musobaqa Chempionlar Ligasi deb atala boshlangan 1990/91-yilgi mavsumdan beri ilk bor yarim finalda Angliya, Ispaniya yoki Italiyadan birorta ham jamoa bo‘lmaydi.

Qayd etish joiz, Fransiyaning birdaniga ikki klubi ilk bor musobaqaning ushbu bosqichiga qadar yetib keldi.

Ma’lumot uchun, yarim final bahslari 18—19-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют