» » Avstraliyada o‘rgimchak tuni bilan eshik qo‘ng‘irog‘ini jiringlatib, uy egasiga uyqu bermadi (video)

Avstraliyada o‘rgimchak tuni bilan eshik qo‘ng‘irog‘ini jiringlatib, uy egasiga uyqu bermadi (video)


Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati Vullongong shahrida yashovchi erkak ajoyib voqea haqida gapirdi. Uning eshik qo‘ng‘irog‘ini kattagina o‘rgimchak chalgan va tuni bo‘yi uning uxlashiga xalaqit bergan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Avstraliyalik tungi soat ikkida eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlagani uchun uyg‘onadi. Vaholanki, yarim tunda mehmon bo‘lib kelgan Sparassidae oilasiga mansub katta ovchi-o‘rgimchak edi. U kattaligi tufayli tez-tez harakatlanib, eshik qo‘ng‘irog‘i yoniga chiqib olgan.

“U meni bir necha marta uyg‘otdi. Birozgina uxlab olish uchun qo‘ng‘iroqni o‘chirishimga to‘g‘ri keldi”, – deydi uy egasi.

Hoynahoy o‘rgimchakni eshik yaqinidagi kameraning infraqizil nuri o‘ziga jalb etganga o‘xshaydi. Ta’kidlanishicha, ovchi-o‘rgimchakning panjalarining uzunligi 30 santimetrni tashkil etadi. Ammo bu odamlarga xavf tug‘dirmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют