» » Buyuk Britaniyada rotveyler hushidan ketgan egasini yo‘qlab kelgan shifokorlarga eshik ochdi

Buyuk Britaniyada rotveyler hushidan ketgan egasini yo‘qlab kelgan shifokorlarga eshik ochdi


Buyuk Britaniyaning Felikstou shahrida Megan laqabli rotveyler to‘satdan o‘zini noxush his etgan 32 yoshli xo‘jayini Geri Gregori joniga oro kirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Shifokorlarga ko‘ra, Gregorining kvartirasi qo‘ng‘irog‘ini bosishganda ularga qora rotveyler eshik ochdi. It mustaqil ravishda o‘zi eshik tutqichini bosgan.

“Megan hayotimni saqlab qoldi. Hushsiz yotgan paytim boshqa ikki itim o‘zimga kelishimga yordam berishni istagandek yuzimni yalab-yulqadi”, — deya hikoya qiladi Gregori.

Kasalxonada Gregorida to‘satdan ichki qon ketishi boshlangani ma’lum bo‘ldi. Erkak bir necha kunni palatada o‘tkazdi, hozir uning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют