» » AQShda ikki metrlik timsoh eshik qo‘ng‘irog‘ini chalishga urindi (video)

AQShda ikki metrlik timsoh eshik qo‘ng‘irog‘ini chalishga urindi (video)


Janubiy Karolina shtatining Mertl-Bich shahrida yashovchi Karen Alfano o‘z uyi eshigi oldida timsohning orqa oyoqlarida turib, eshik qo‘ng‘irog‘ini “chalishga” uringanini videoga oldi. Bu haqda ForumDaily xabar berdi.

Videoda timsohning Alfano uyi eshigiga chiqmochi bo‘lgani aks etgan bo‘lib, chetdan qaraganda xuddi eshik qo‘ng‘irog‘ini chalmoqchidek ko‘ringan.

Timsoh uy oldidagi yo‘lakchani shikastlab, eshikda tirnoq izlarini qoldirgan. Lekin eshik oynasini sindirib, ichkariga kira olmagan. Qo‘ng‘iroqni “chalgach”, ostonaga xotirjam yotib olgan.

Timsohni olib ketish uchun kelgan Janubiy Karolina Tabiat resurslari departamenti Alfano uyidan 1,6 kilometr uzoqliqda 3 metrlik yana bitta timsoh borligini aniqlagan. Ular har ikkala timsohlarni olib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют