» » Ko‘p bolali amerikalik ayol go‘sht uchun 4 metrli timsohni o‘ldirdi

Ko‘p bolali amerikalik ayol go‘sht uchun 4 metrli timsohni o‘ldirdi


AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi ayol birinchi marta timsoh oviga chiqib, to‘rt metrli reptiliyani o‘ldirdi. Bu haqda The Sacramento Bee nashri xabar berdi.

Ko‘p bolali va yoshi 37 da bo‘lgan Laura Robinson Griffin ikki soat davomida botqoqli suv havzasidagi yirtqichni kuzatgan. Ayol yirtqichni timsoh ovi uchun mo‘ljallangan ilmoq bilan nishonga olgan, biroq ilmoq sirg‘alib ketgan va bir soatdan keyin qaytib kelgan. Ikkinchi marta ovchilar timsohga uchta ilmoqni sanchgan va uni quruqlikka tortib olgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z o‘ljasini yeyishni rejalashtirmoqda. “Go‘sht bir yilga yetadi. Biz ko‘ngilxushlik uchun emas, go‘shtga ega bo‘lish uchun o‘ldiramiz”, — deb ta’kidlagan ayol.

Janubiy Karolina shtati rasmiylari har yili timsoh ovini uyushtiradi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularning sonini nazorat qilib turish hisoblanadi. Joriy yilda eng katta timsohni Griffin ovlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yili ovchilar tomonidan uzunligi bu yildagidan ko‘ra 26 santimetr uzunroq bo‘lgan timsoh o‘ldirilgan.

Timsohlarni ovlash uchun arqonga mahkamlangan xo‘rakli ilmoqlardan foydalaniladi. Ular baliq ovida ishlatiladigan qarmoqlarni eslatadi, biroq anchagina katta bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют