» » Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlarida sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlarida sezildi


16-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:58 da Qirg‘iziston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila Toshkent shahridan 405 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda, Qirg‘iziston hududida joylashgan nuqtada yuz bergan. Zilzila epitsentrida magnituda 4,6 ballga teng, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer osti silkinishlar kuchi Andijon shahrida (epimarkazgacha 149 kilometr) 3 ballni, Farg‘ona shahrida 3 ballni (epimarkazgacha 169 kilometr), Namangan shahrida 2 ballni (epimarkazgacha 208 kilometr) tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni O‘zbekistonda ikkita zilzila kuzatilgan (soat 13:18 da 3 ballik va 14:32 da 2 ballik) edi, 13-avgustda esa Tojikistonda zilzila kuchi ham O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют