» » Namanganning Uychi tumanida yuz bergan zilzila kuchi Andijon va Farg‘onada ham sezildi

Namanganning Uychi tumanida yuz bergan zilzila kuchi Andijon va Farg‘onada ham sezildi


O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida joylashgan viloyatlarida 17-aprel kuni soat 9:34 da yerosti silkinishlari sezildi, deya xabar bermoqda FVVning Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi.

“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, zilzila epitsentri Namangan viloyatining Uychi tumani hududida, Namangan shahridan 7 kilometr masofada joylashgan. Epitsentrda magnituda 4 ni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda.

Qo‘shimcha qilishlaricha, yerosti silkinishlari kuchi Namangan shahrida 4 ballni, Andijon shahrida (zilzila epitsentridan 57 kilometr masofada) 2 ballni, Farg‘ona shahrida (71 kilometr masofada) 2 ballni tashkil etgan.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 29-mart kuni ham yerosti silkinishlari sezilgan, o‘shanda zilzila epitsentri Qirg‘izistonda joylashgani ta’kidlangan edi. Shuningdek, 26-mart kuni Tojikiston bilan chegara hududida yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning deyarli barcha shaharlarida sezilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют