» » Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi


13-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:07 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar qilgan.

Zilzila koordinatalari: 38,55 gradus shimoliy kenglik; 69,83 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 306 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.

Yerosti silkinishlari kuchi Guliston shahrida 3 ballni, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi va Navoiy shaharlarida 2 ballni tashkil etgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Avval 2020-yil 5-avgust kuni O‘zbekistonda ikkita zilzila kuzatilgan (soat  13:18 da 3 ballik va 14:32 da 2 ballik).

4-iyul, 9-iyul, 16-iyul kunlari Tojikistonda, 14-iyul kuni Afg‘onistonda, 21-iyul kuni Qirg‘izistonda, 4-avgust kuni Qozog‘istonda yuz bergan zilzilalarning kuchi ham O‘zbekiston shaharlarida sezilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют