» » Lukashenko Vitebskdagi desantchilarni Belarus g‘arbiy chegarasiga joylashtirish bo‘yicha buyruq berdi

Lukashenko Vitebskdagi desantchilarni Belarus g‘arbiy chegarasiga joylashtirish bo‘yicha buyruq berdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko havo-desant brigadasini Vitebskdan mamlakat g‘arbiy chegarasidagi Grodno shahriga joylashtirish to‘g‘risida buyruq berdi, deb yozadi “Interfaks”.

“Ushbu hududlarda sodir bo‘layotgan voqealarni tinchgina kuzatib o‘tira olmaymiz. Mazkur muammo, shuningdek, harbiylarimizni ham tashvishga solmoqda. Shu sababli g‘arbiy chegaradagi vaziyat keskinlashgani sabab qo‘shimcha ravishda Vitebskdagi havo-desant brigadasini Grodnoga joylashtirishni so‘rayman”, — deydi Lukashenko.

Belarus prezidenti desantchilarning Vitebskdan Grodnoga joylashtirilishi nima sababdaт amalga oshirilayotganiga oydinlik kiritmagan.

Avvalroq Belarusda maxsus xizmatning sobiq xodimlari namoyishlarning bostirilishiga norozilik sifatida formalarini tashlab yuborayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют