» » Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi 4 ta gol urilgan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi 4 ta gol urilgan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 16-turida “Kvanju” 16-avgust, yakshanba kuni “Kanvon”ni mehmon qildi.

Uchrashuvda dastlab mehmonlar 20-daqiqada Kim Shin Dening golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari besh daqiqa o‘tib Om San Vonning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Villian Barboza “Kvanju”ning ikkinchi goli urdi. O‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda Ko Mu Yol muvozanatni tiklashga erishdi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov to‘liq harakat qildi.

Key-Liga

16-tur bahsi

16-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 20 Kim Shin De, 1:1 – 25 Om Von San, 2:1 – 53 Barboza, 2:2 – 80 Ko Mu Yol.

“Kvanju”: Yun Phyon Guk, Han Hi Hun (Yo Bon Hun, 72), Li Min Gi, Kim Chhan Su, Rustam Ashurmatov, Hon Chun Ho, Yo Rim, Barboza, Om Von San (Tu Hyon Sok, 86), Pak Chon Su, Felipe.

“Kanvon”: Li Bom Su, Shin Se Ge, Shin Gvan Hun, Kim Yon Bin, Lim Chhe Min, So Min U (Chon Sok Hva, 36), Han Guk Yon (Li Je Kvon, 46), Li Yon Je, Cho Je Van, Kim Shin De, Kim Ji Hun.

Ogohlantirishlar: Yo Rim (7), Lim Chhe Min (51), Li Je Kvon (58), Pak Chon Su (89).

Key-Liga 16-turidan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют