» » O‘zbekistonda dafn etilgan ayol shifoxonadan farzandlariga qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar tarqaldi. SSV bunday voqea bo‘lishi mumkinligini rad etdi

O‘zbekistonda dafn etilgan ayol shifoxonadan farzandlariga qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar tarqaldi. SSV bunday voqea bo‘lishi mumkinligini rad etdi


Bir necha kun oldin internetda janozasi o‘qilib, dafn etilgan ayolning oradan bir necha kun o‘tib, farzandlariga qo‘ng‘iroq qilgani haqidagi hikoya keng tarqaldi.

“Covid-19 (O‘zbekiston)” deb sarlavha qo‘yilgan hikoyani “Zulfiya Mahmud” Telegram kanali e’lon qildi.

Onamni toblari qochgach, shifoxonaga yotqizdik. Ertasi kuni onamning vafot etganlari xabari keldi. Jasadni olgani shifoxonaga uch kishi bo‘lib bordik. Qora sellofanga o‘ralgan jasadni qo‘limizga tutqazishdi va ochmaslik kerakligini ta’kidlashdi. Ular aytgandek qilib, onamni ochmadik. Yig‘lab-yig‘lab, duo qilib, ko‘mib qaytdik. Uyimiz motamga aylandi.

Oradan 4-5 kun o‘tgach, telefonim jiringladi. Olsam onam! “O‘g‘lim, nega mendan xabar olmayapsizlar?”, so‘radilar g‘amgin. Shokka tushib qoldim. Shifoxonaga uchib bordim. Shifokorlar o‘lim ko‘pligidan adashib ketishganini aytib, uzr so‘rashdi. Biz begona jasadni ko‘mib kelgan ekanmiz. Onam tirik edilar. Onamni siqib bag‘rimga bosib yig‘ladim. Onam tuzalib, oilamiz bag‘riga qaytdilar, alhamdulillah...

Hikoyada dafn etilgan jasad kimga tegishli ekanligi va uning keyingi taqdiriga aniqlik kiritilmagan. “Daryo” muxbiri ushbu hodisa yuzasidan “Zulfiya Mahmud” kanali administratori bilan bog‘lanib, hodisa qachon va qayerda yuz bergani haqida ma’lumot so‘radi. Administrator onasi bilan ushbu hodisa yuz bergan erkak rozilik bermagani uchun u haqida ma’lumot bera olmasligini ma’lum qildi. Erkak “ular kabi bunday holatga tushganlar ko‘pligi, shifoxonalardan surishtirish mumkinligi”ni ham aytgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, bemor vafot etgan taqdirda hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmasligini, bunday holat yuz bergan taqdirda o‘sha xodimga nisbatan chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

“Birinchidan, jasadni uning yaqinlariga berish jarayoniga davolovchi shifokor aralashmaydi. Ikkinchidan, barcha ishlar patologik anatomiya muassasasida belgilangan tartibda bajariladi. Qolaversa, muassasa xodimi jasadni o‘rashdan oldin, albatta, uning yuzini yaqinlariga ko‘rsatib, aniqlik kiritadi. Barcha jarayonlar hujjatda to‘la aks etadi”, — deydi Respublika patologik anatomiya markazi direktori, professor Rajabboy Isroilov.

SSVning alohida qayd etishicha, hozirgi kunda koronavirusdan vafot etgan bemorlarni dafn etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

“Hurmatli yurtdoshlar, ayni vaqtda barchamiz koronavirus xavfini yaxshi sezib turibmiz. Uni bartaraf etish uchun mamlakatimiz rahbariyati va sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari hamda xodimlari tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunday sharoitda turli xil mish-mish va asossiz xabarlarga ishonib qolmasligingizni so‘rab qolamiz.

Insonlar hayoti va qadr-qimmatiga daxl qiluvchi holatlar aniqlansa, unga sababchi bo‘lganlar qonun oldida javob beradi. Asossiz xabarlar tarqatib, odamlar orasida vahima uyg‘otishga uringanlar ham o‘z jazosini oladi”, — deyiladi SSV munosabatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют