» » UFC 253 musobaqasi sanasi va asosiy jangda kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

UFC 253 musobaqasi sanasi va asosiy jangda kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi


O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya va Paulo Kosta o‘rtasidagi jang rasman tasdiqlandi.

Mazkur jang 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 253 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi. Avvalroq ushbu UFC kechasi 19-sentabrda bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

Mazkur musobaqada shuningdek, rossiyalik yakkakurashchi Zubayra Tuxugov ham o‘z jangini o‘tkazadi.

31 yoshli Adesanya MMA’da 19 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 14 ta jangni muddatidan avval yakunlagan. Yakkakurashchi 2019-yilning oktabrida Robert Uittakerni mag‘lub etib, o‘rta vazn chempionlik kamariga ega chiqqandi.

29 yoshli Kosta MMA’dagi barcha 13 jangini g‘alaba (12 ta muddatidan avval) bilan yakunlagan.

Israel Adesanya va Paulo Kosta ijrosidagi eng sara nokautlarni tomosha qiling! (video)

Mavzuga doir: UFC chempioni Israel Adesanya qancha mablag‘ evaziga boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют