» » Hakamning adolatsiz qarori, gonorar va kelgusi rejalar haqida Isroil Madrimov bilan intervyu

Hakamning adolatsiz qarori, gonorar va kelgusi rejalar haqida Isroil Madrimov bilan intervyu


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) 16-avgust kuni Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini ochkolar evaziga mag‘lub etdi.

“Daryo” muxbiri esa Isroil Madrimov bilan bog‘lanib, uning jangdan keyingi taassurotlari, hakamning adolatsiz qarori va kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Jang haqida

Yaratganga behisob shukrlar bo‘lsin. Mana Amerika Qo‘shma Shtatlarida 6-jangimni o‘tkazib, g‘alaba qozondim. Shu o‘rinda barcha yurtdoshlarimga, ota-onamga va murabbiylarimga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Ularning duolari va qo‘llab-quvvatlashlari sabab shu darajaga yetib kelyapmiz.

Bevosita jangga to‘xtaladigan bo‘lsak, 12 raundlik jang faoliyatimdagi birinchisi bo‘ldi. Jangga atigi uch hafta tayyorgarlik ko‘rdim, bu juda qisqa muddat hisoblanadi. Lekin tavakkal qilishga qaror qildik, raqib ham juda kuchli va noqulay edi. Tavakkal qilganimiz sababi, hozirda butun dunyoda hukm surayotgan pandemiya ko‘plab narsalarni to‘xtatib qo‘ydi. Bizga esa imkoniyat berildi va bundan foydalanishga qaror qildik. Qisqa muddat tayyorgarlik ko‘rganimiz uchun jang oson kechmadi, 5 va 6-raundda biroz charchab qoldim. Shukrki, keyin o‘zimga kelib, g‘alabani qo‘lga kiritdim.

Hakamning nokautni hisobga olmagani haqida

8-raundda raqibimda nokaut holati kuzatilgandi. Hakam esa buni yelka bilan urilgan zarba deb hisobladi. Lekin bu yerda aniq zarba bergan edim. Albatta, bu hali assosiatsiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yana shuni aytishim mumkinki, 12 raundlik jang men uchun juda katta tajriba maktabi bo‘ldi. Keyingi janglarimda bu katta yordam berishi aniq.

Isroil Madrimov raqibini nokautga uchratdi, ammo hakam buni hisoblamadi (video)

Jang toifasi o‘zgargani haqida

Aslida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishim kerak edi, lekin promouterlarim shuni loyiq ko‘rdi. Aksincha, bir tarafdan yaxshi bo‘ldi. Endilikda bu jangdan keyin chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lsam ham bo‘ladi.

Ushbu jangdagi g‘alabasi uchun qancha gonorar olgani haqida

Bu jangdan 50 ming AQSh dollari miqdoridagi gonorar oldim.

Kelgusi rejalari haqida

AQShda qolib, keyingi jangga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirganmiz.

Bilol ERKIN suhbatlashdi

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют