» » Video: Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov qizining tug‘ilgan kunida tort kesmoqda, xizmatda Munisa Rizayeva

Video: Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov qizining tug‘ilgan kunida tort kesmoqda, xizmatda Munisa Rizayeva


Xonanda Munisa Rizayeva Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kichik qizi 19 yoshga to‘lishi munosabati bilan 16-avgust kuni tashkil etilgan oilaviy marosimda xizmatda bo‘ldi. Marosimdan foto va videolar 17-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

E’lon qilingan videoyozuvlarda hokim qizi bilan birgalikda katta bayram tortini kesayotganini ko‘rish mumkin. “Xabar.uz”ning o‘z manbalariga asoslanib yozishicha, marosimda hokimning qiziga Gentra avtomobili ham sovg‘a qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan e’tiboran O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatildi, xususan, uyda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmagan holda oilaviy tadbir va to‘y-marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi (cheklovni buzganlar javobgarlikka tortiladi).

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kichik qizi tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimda aynan qancha odam qatnashgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют