» » Surunkali charchoq va asabiylik ortida yashiringan 5 ta kasallik

Surunkali charchoq va asabiylik ortida yashiringan 5 ta kasallik


Ba’zida surunkali charchoq va asabiylashish – jiddiy kasalliklarning yagona alomatidir, deb yozadi “Domashniy ochag”.

Ruhiy-emotsional buzilish. Tushkunlik

JSST ta’rifiga ko‘ra, ruhiy tushkunlik – bu umidsizlik, qiziqish yoki quvonch hissini yo‘qotish, aybdorlik va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi pasayishi, uyqu yoki ishtaha buzilishi bilan tavsiflanadigan kasallik. Eng muhim alomatlardan biri, motivatsiya kuchsizlanishi sabab jismoniy faoliyatning pasayishi (biror narsa qilishga xohish yo‘qligi).

Ko‘pchilik sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning jiddiyligini hisobga olmaydi, uni bir qator muammolar, stress va charchoq bilan bog‘laydi. Qiyinchilikni mustaqil hal qilishga odatlangan va yordam so‘rashni zarur deb hisoblamaydigan kishilarni ruhiy tushkunlik “yiqitadi”.

Endokrin kasalliklar (gormonal tartibning buzilishi).

Qalqonsimon bez gormonlari sekretsiyasining pasayishi (gipotireoz), ishtahaning yo‘qolishi (tana vazni oshishi), seruyqulik, xotira va aqliy qobiliyatning zaiflashishi bilan namoyon bo‘ladi. Tana harorati va qon bosimi pasayadi, oshqozon va ichaklar ish faoliyati o‘zgaradi (qabziyat).

Asta-sekin boshlanishi bilan tavsiflangan endokrin kasallikka yana bir misol 2-toifa qandli diabetdir. Tez-tez uchraydigan yuqumli kasalliklar, terida qichishish, toshmalar paydo bo‘lishi, jarohatlarni uzoq muddat davolash, uyquning buzilishi, charchoq, asabiylashish insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabetdan dalolat beradi.

Qon kasalliklari

Kamqonlik – bu qonda gemoglobin yoki eritrotsit (qizil qon tanachalari) konsentratsiyasining pasayishidir. Kamqonlik sindromi oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari, surunkali qon yo‘qotishning natijasi bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan sabab – temir tanqisligi, oziq-ovqat yetishmasligi, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki tanadagi ehtiyojning ortishi (masalan, homiladorlik paytida) tufayli yuzaga keladi. Bunday bemorlar aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, xotira va diqqatning yomonlashishi, ko‘p o‘ylash, bosh aylanishi, mashqlar paytida yurak va nafas qisilishi, hushidan ketishi haqida shikoyat qiladi.

Infeksiyalar

Charchoqning kuchayishi kishini yuqumli va yallig‘lanish jarayoniga hamroh qiladi. Kasalliklar sababi viruslar: immunitet tanqisligi virusi, yuqumli mononuklyoz, sitomegalovirus infeksiyasi; bakteriyalar (xladimiya, mikoplazma), zambrug‘ qo‘zg‘atuvchi (aspergill) va gelmintlar bo‘lishi mumkin. Surunkali charchoq sindromining shakllanishi ham virusli infeksiyaning natijasi bo‘ladi.

Onkologiya

Onkologik (xavfli o‘sma) kasalliklar uzoq vaqt o‘zini namoyon qilmasligi mumkin. Jarayonning dastlabki bosqichida aniq tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida samarali davolanishni buyuradigan xarakterli alomatlar deyarli yo‘q. Kasal bo‘lgan bemorlarda vazn yo‘qotish va ishtahaning pasayishi, tez charchash va doimiy charchoq hissi kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i, suyaklar zirqirashi, ko‘ngil aynishi bezovta qilishi va tekshiruvda past darajali tana harorati, kattalashgan limfa tugunlari aniqlanishi mumkin. Og‘riq sindromi keyingi bosqichlarda paydo bo‘ladi.

Bu kasallikning to‘liq ro‘yxati emas, ularning boshlanishi charchoq niqobi ostida yashirinadi. Har bir vaziyat alohida tekshiruvni talab etadi. Bu masalada to‘g‘ri savollarni berish, ustuvorlikni belgilash, eng muhim alomatlarni aniqlash va kichik belgilarni istisno qilishni biladigan shifokorga ishonish yaxshiroq. Har qanday vaziyatda o‘z vaqtida tibbiy yordam so‘rab shifokorga murojaat qilish juda muhim.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют