» » Artur mast holatda avtomobil boshqarib YTHga uchradi

Artur mast holatda avtomobil boshqarib YTHga uchradi


“Barselona” yarim himoyachisi, 30-avgustdan “Yuventus” futbolchisiga aylanadigan Artur YTHga uchradi.

Diari de Girona nashrining xabar qilishicha, futbolchi shaxsiy avtomobilida ko‘cha chirog‘iga borib urilgan. Politsiyachilar harakat vaqtida uni to‘xtatgan va o‘yinchining g‘alati ko‘rinishi sabab alkogol testidan o‘tishga taklif qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Artur Ferrari’ni boshqarib ketayotgan vaqtda mast holatda bo‘lgan. Voqea tongi soat 4:00 da Jirona (Kataloniya) atrofida sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” iyul oyida Arturni 72 million yevro evaziga “Barselona”dan sotib olgandi. Kelishuvga ko‘ra, futbolchi 30-avgustdan turinliklar o‘yinchisiga aylanadi.

Avvalroq Artur Chempionlar Ligasi restarti oldidan “Barselona” tasarrufiga yetib kelmagan va o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют