» » O‘zbekistonda sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘yishni bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘yishni bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi


Deputatlar avtotransport vositasini sug‘urta yo‘qligi uchun jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Deputat Rasul Kusherbayev bu haqda o‘zining Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Hujjat loyihasida transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi (yoki DYHXX xodimi hujjatni talab qilgan vaqtida yonida bo‘lmaganligi) uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Yaqinda “Mening fikrim” veb-portalida avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqidagi taklif 10 mingdan ziyod ovoz olgan edi.

Ushbu taklif nizomga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan uni amalga oshirish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

O‘rganishlar davomida xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, Angliya, Rossiya, Belarus, AQShning bir qator shtatlarida fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari bo‘lmasa, ma’muriy jarimalar belgilanishi, biroq transport vositasini ushlab turish amaliyoti yo‘qligini ko‘rsatgan.

Qonun loyihasi tez orada Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Avval “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi tufayli jarima maydoniga qo‘yish amaliyotini bekor qilish haqida petitsiya e’lon qilingandi. Shuningdek, O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish ham taklif etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют