» » “Ular kuch ishlatish va iqtisodiy qiynoqni tushunadi, biz ularga buni bera olamiz”. Tixanovskaya shtabi rahbari

“Ular kuch ishlatish va iqtisodiy qiynoqni tushunadi, biz ularga buni bera olamiz”. Tixanovskaya shtabi rahbari


Belarus prezidentligi saylovlarida nomzod sifatida qatnashgan Svetlana Tixanovskayaning shtabiga rahbarlik qilgan Mariya Moroz fuqarolarni Belarusdagi norozilik namoyishlarida ishtirok etishga chorladi. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, belaruslar eski tuzum vakillariga hukumat tepasidan ketishdan boshqa chora yo‘qligini tushuntirishda yordam berishi kerak.

“Ular faqat kuch ishlatish va muayyan iqtisodiy yo‘qotishlarni yaxshi tushunadi. Biz ularga buni bera olishimizni isbotlashimiz lozim. Saroylarda va millionlarga teng kottejlarda yashaydigan amaldorlarga pul kerak. Uyushtirilgan mitinglarga avtobuslarda odamlarni olib kelish uchun ham pul zarur. OMONga to‘lov qilish ham moliyaviy masala. Xalq endi o‘z yonidan ushbu xarajatlar uchun to‘lamoqchi emasligini ularga ko‘rsatib qo‘yishi lozim”, — degan Moroz.

Belarusda sanoat korxonalaridagi ishchilarning ko‘pchilik qismi ish tashlash e’lon qilgan. Xususan, “Belaruskaliya” xodimlari, Belarusmetallurgiya zavodi, BelAZ va Minsk traktor zavodi ishchilari ham norozilik bildirishni boshlagan. 16-avgust kuni poytaxt Minskda mamlakat tarixidagi eng yirik miting bo‘lib o‘tdi — ma’lumotlarga ko‘ra, unda 200 ming kishi qatnashgan.

Mavzuga doir: Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi

Bundan tashqari, Belteleradiokompaniyaning xodimlari ham hukumatning siyosatiga qarshi chiqmoqda. Norozilik bildirayotgan fuqarolar saylovlardagi natijalar bekor qilinishi va Aleksandr Lukashenkoning iste’fosini talab qilmoqda.

Mavzuga doir: Lukashenko yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin saylovlar qayta o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют