» » Eng yaxshi smartfon — OnePlus 8 Pro, eng yaxshi kamerafon — Huawei P40 Pro. EISA mukofoti g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi

Eng yaxshi smartfon — OnePlus 8 Pro, eng yaxshi kamerafon — Huawei P40 Pro. EISA mukofoti g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi


Yevropa audio va videotexnika bo‘yicha jurnallar assotsiatsiyasi (EISA) 12 yo‘nalish bo‘yicha 2020—2021-yildagi eng yaxshi qurilmalar ro‘yxatini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Joriy yilgi ro‘yxat ancha qiziqarli tus olgan. Masalan, yilning eng yaxshi smartfoni deya OnePlus 8 Pro tan olingan. eng zamonaviy smartfon nomi esa Oppo Find X2 Pro’ga, ya’ni konsern bo‘yicha OnePlus 8 Pro’ning qarindoshiga nasib etgan.

EISA mutaxassislarining fikricha, smartfon bozorida eng yaxshi kamera Huawei P40 Pro modeliga tegishli deb topilgan, eng yaxshi egiluvchan ekranga ega smartfon nomiga esa Samsung Galaxy Z Flip sazovor bo‘lgan. Sony Xpreia 1 II “Eng yaxshi multimedia smartfoni” deya e’tirof etilgan.

Eng yaxshi qoplamali naushnik nomi Bowers & Wilkins PX6’ga nasib etgan bo‘lsa, eng yaxshi to‘liq naushnik deya Dali IO-6 tanlangan, eng yaxshi ichki kanalli esa Sennheiser Momentum True Wireless 2.

Shuningdek, ro‘yxatdan Huawei Watch GT 2 (eng yaxshi “aqlli” soat), FiiO M11 Pro (eng yaxshi mobil audiopleyer), LG XBoom Go PL7 (eng yaxshi portativ kolonka) и AudioQuest Dragonfly Cobalt (naushniklar uchun eng yaxshi kuchaytirgich) qurilmalari ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют