» » Ispaniyalik erkak do‘stining 235 ming yevrolik Lamborghini’sini urib pachoq qildi (video)

Ispaniyalik erkak do‘stining 235 ming yevrolik Lamborghini’sini urib pachoq qildi (video)


Ispaniyalik erkak do‘stidan qimmatbaho Lamborghini Huracan Performante avtomobilini haydab ko‘rish uchun oldi va uni devorga urib pachoq qildi. Mashinaning narxi 235 ming yevroni tashkil etadi, deb yozadi Daily Mail.

Halokat Ispaniyaning Uelva shahrida bo‘lib o‘tgan. Harakatlanish vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi yuqori tezlikda elektr ta’minoti stansiyasining devoriga borib urilgan.

Kabinada ikki kishi bo‘lib, ular voqea joyidan qochib ketgan, ammo politsiya ularni yengil jarohatlari uchun borgan kasalxonadan topdi.

Haydovchi avtomobilni yuqori tezlikda boshqarganlikda ayblanmoqda va u ayni damda hibsga olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют