» » Rim papasining Lamborghini’si 715 ming yevroga sotildi

Rim papasining Lamborghini’si 715 ming yevroga sotildi


Rim papasi Fransisk uchun maxsus tayyorlangan Lamborghini Huracan sportkari auksionda 715 ming yevroga sotildi. Savdo 12-mayda bo‘lib o‘tgan. Papa savdodan tushgan pullarni xayriya uchun yo‘naltirishga qaror qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Mazkur avtomobil Lamborghini kompaniyasi tomonidan Vatikanning an’anaviy ranglarida yagona nusxada tayyorlangan va o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida papaga taqdim etilgan.

Avtomobilni topshirish marosimida Lamborghini’ning bosh ijrochi direktori Stefano Dominikali ishtirok etgan edi. O‘shanda papa Fransisk avtomobilni duo qilib, unga o‘z imzosini qoldirgan edi. Avtomobilning auksionda sotilishi va tushgan mablag‘ning xayriya uchun yo‘naltirilishi o‘sha vaqtda e’lon qilingan edi.

Odatda, Lamborghini Huracan’ning seriyali ishlab chiqarishdagi narxi 183 ming yevrodan boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют