» » Qahva ichishdan voz kechmaslik uchun 5 sabab

Qahva ichishdan voz kechmaslik uchun 5 sabab


Bir finjon qahva bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va yana boshqa bir qancha muammolarning yechimi bo‘lishi mumkin. Qahva ichilmasa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Harper’s Bazaar ushbu savolga javob beradi.

Bosh og‘rig‘i va asabiylik kuzatiladi

Qahva ichishga o‘rganib qolgan insonlar ushbu odatni tashlash qiyin ekanini yaxshi biladi. Kofein qabul qilishga o‘rganib qolgan organizmda uning yetishmovchiligidan bosh og‘rig‘i va asabiylik kuzatilishi mumkin. Oson bo‘lmagan ushbu psixologik jarayonda yuz beradigan emotsional o‘zgarishlar yaqinlar bilan bo‘?ladigan munosabatlarda ham o‘z aksini ko‘rsatmay qolmaydi.

Doimiy charchoq seziladi

Qahva tashlashga urinayotgan insonda avvalgidek quvnoqlik va xushkayfiyatlilik kuzatilmasligi mumkin. Kofein, adenozin retseptorlariga ta’sir qilib, tushkunlikning oldini oladi. Lekin organizm o‘zi o‘rganib qolgan miqdorda sevimli ichimligini qabul qilmay qo‘yganidan keyin charchoq namoyon bo‘lishni boshlaydi va odam o‘zini lohas his qiladi.

Hazm jarayonida muammolar kuzatiladi

Kofein hazm jarayonini sezilarli darajada yaxshilash xususiyatiga ega hisoblanadi. Qahvadan voz kechish esa ushbu muhim jarayonda muammolar kuzatilishiga sabab bo‘?lishi mumkin. Qahva ichmaslikka qat’iy qaror qilganlarga esa energiya beradigan tabiiy mahsulotlarga e’?tibor qaratish va suv balansi hamda faol hayot tarziga amal qilish tavsiya qilinadi.

Sport bilan shug‘ullanishga kuch qolmaydi

Qahva tashlayotgan insonlarda sport mashqlarini bajarish uchun kuch topa olmaslik ham kuzatilishi mumkin. Bunga yuqorida ta’kidlangan holsizlik va asabiylik sabab bo‘ladi. Shuning uchun yaxshisi, qahva ichishni tashlamang.

Ishtahangiz avvalgidan ham karnay bo‘ladi

Vazn va qahva ichishni bir vaqtda tashlab bo‘lmaydi. Chunki qahva ichmay qo‘ygan odamning ishtahasi oldingidan ham yaxshiroq bo‘ladi, doimiy ravishda ochlik hissi bezovta qiladi. Qahva avvallari o‘z xususiyati bilan ishtaha ochishiga o‘rganib qolgan organizm keyinchalik ham talab qilishda davom etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют