» » Video: Isiriq yordamida dezinfeksiya qilinayotgan Qo‘qon ko‘chalari

Video: Isiriq yordamida dezinfeksiya qilinayotgan Qo‘qon ko‘chalari


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilinayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dezinfeksiyasi ishlari Qo‘qon shahrida amalga oshirilmoqda. Videodan ko‘rish mumkinki, yuk mashinasining ortiga chiqib olgan “Obodonlashtirish” kiyimidagi uch nafar xodim qo‘llaridagi idishlar yordamida shahar ko‘chalari bo‘ylab isiriq tutatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziriligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov (hozirda agentlik direktori o‘rinbosari) koronavirusdan himoyalanish uchun uy sharoitida isiriqdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgan edi. Oliy Majlis Senatining fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi teplovizorlar yordamida tekshirilgani, kirish joyida qo‘riqchilardan biri binoni isiriq bilan tutatgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 124) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют