» » Ulug‘bek Baqoyev: “Nasaf”ga gol urish uchun shogirdlarimga mahorat yetishmadi

Ulug‘bek Baqoyev: “Nasaf”ga gol urish uchun shogirdlarimga mahorat yetishmadi


“So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi kechgan o‘yindan (0:3) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘plab jamoalar o‘yin ritmidan chiqib ketgan. Shu bois birinchi bo‘lim u qadar yaxshi o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizga keldik, ammo gol ura olmadik. Yigitlarga e’tiroz yo‘q. O‘yin uchun rahmat. “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Iskandar Shoyqulovning sariq kartochkalari to‘rttaga yetgani bois u qaydnomadan o‘rin olmadi. Elivelto esa oilaviy sabablar tufayli uyiga uchib ketdi.

Nega gol ura olmadik? Menimcha yigitlarga mahorat yetishmadi.

Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tishi? Bu savolni menga emas klub rahbariyati yoki sport direktoriga bersangiz to‘g‘ri bo‘lsa kerak.

Ulug‘bek Baqoyev, “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi

“So‘g‘diyona” 10-turdan so‘ng 11 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Bunyodkor” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют