» » Andrey Shipilov “Bunyodkor”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: “Birinchi bo‘limda gol urib olishimiz kerak edi”

Andrey Shipilov “Bunyodkor”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida: “Birinchi bo‘limda gol urib olishimiz kerak edi”


“Metallurg” futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 10-turida “Bunyodkor”dan qabul qilib olgan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng o‘z fikrlarini bayon qildi.

Chempionat yana tiklandi va biz o‘ynashni boshladik. Hamma jamoalar har xil holatda edi. Biz bu bahsga deyarli 30 kun tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi bo‘limda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Shunchaki gol urish kerak edi, o‘shanda bahs boshqacha kechgan bo‘lardi. “Bunyodkor”ni g‘alaba bilan tabriklayman.

Yevgeniy Chumak to‘rtta sariq kartochka olgani uchun tushmadi. Akbar Ismatullayev esa jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tishi? Bunga izoh berolmayman. Klubda bu ishlar bilan shug‘ullanadigan shaxslar, kombinat rahbariyati bor. Menda hozir boshqa muammolar bor: jamoani bahslarga qanday qilib to‘g‘ri tayyorlash, jarohatlanganlar bilan ishlash, jismoniy holat ustida bosh qotirish, ketma-ket o‘yinlarda qatnashish.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

“Metallurg” 10-turdan so‘ng 16 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda bormoqda. Bekobodliklar 11-turda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют