» » Superliga. “Metallurg” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni taslim etdi

Superliga. “Metallurg” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 9-turida “Metallurg” 12-iyul, yakshanba kuni “So‘g‘diyona”ni qabul qildi.

O‘yinning 23-daqiqasida Yevgeniy Chumak maydon egalarining dastlabki golini urgan bo‘lsa, 63-daqiqala Doniyor Narzullayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Andrey Shipilov shogirdlarining ochkolari 16 taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. “So‘g‘diyona” (11) esa 9-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

9-tur bahsi

12-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 23 Chumak, 2:0 – 63 Narzullayev.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev (Shahzod G‘ofurbekov, 81), Shahzod Ubaydullayev, Zohid Abdullayev (Davron Anvarov, 81), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (Abrorbek Toshqo‘ziyev, 75), Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev (Xudoyshukur Sattorov, 75), Yevgeniy Chumak.

“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov (Bahodir Nasimov, 83), Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Ayubxon No‘monov (Jamshid Boltaboyev, 52), Sanjar Rashidov, Jasur Hasanov (Elivelto Dantas, 68), Ivan Nagayev (Sahob Rashidov, 52), Shavkat Mullajonov Javohir Qahramonov (San’at Shixov, 68), Shahboz Jo‘rabekov.

Ogohlantirishlar: Shoyqulov (14), Abdulhaqov (30), Abdullayev (78).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют