» » Superliga. “Nasaf” 92-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi, “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Superliga. “Nasaf” 92-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi, “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 6-iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Nasaf” o‘z uyida “Metallurg”ni qabul qildi. Uchrashuvda kichik ustunlik qarshiliklar tomonida bo‘ldi, biroq mehmonlar himoyada ishonchli harakat qila oldi. Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda Akmal Mozgovoy hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda “Nasaf”ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarining to‘rt o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. “Nasaf” ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Metallurg” (13) esa 6-pog‘onaga tushib ketdi.

Parallel bahsda “Qizilqum” va “Andijon” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. 69-daqiqada mezbonlar Sherali Jo‘rayevning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Siroj Meliyev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

“Andijon” 5 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Qizilqum” (2) 13-o‘ringa qoldi.

Coca-Cola Superliga

8-tur bahslari

6-iyul, dushanba

Gol: 1:0 – 90+2 Mozgovoy.

“Nasaf”: 21.Mashhur Muhammadjonov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev (15.Jo‘rabek Mannonov), 7.Dilshod Rahmatullayev (22.Akmal Mozgovoy), 10.Bobur Abduxoliqov (18.Javohir Esonqulov), 14.Sharof Muhitdinov (6.Murodbek Xo‘jamberdiyev), 20.Islom Kenjaboyev (19.Husain Norchayev), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullayev, 8.Salamat Qutiboyev, 10.Shahzod Ubaydullayev (11.Murodbek Bobojonov), 21.Kamoliddin Tojiyev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Stanislav Andreyev, 55.Akbar Ismatullayev, 88.Yevgeniy Chumak (77.Muhammad Isayev).

Ogohlantirishlar: Quttiboyev (6), Abdulhaqov (59), Lobanov (90+3).

Gollar: 1:0 – 69 Jo‘rayev, 1:1 – 90+1 Meliyev.

“Qizilqum”: 22.Artyom Makosin, 5.Abdi Bashimov, 8.Ruslan Margiyev, 10.Alisher Sanoyev (7.Vezirgeli Ilyasov, 70), 17.Salim Mustafoyev, 21.Muhsin Ubaydullayev, 23.Sherali Jo‘rayev (15.Vohid Shodiyev, 70), 75.Oleg Tolmasov, 77.Sunnatilla Abdullajonov, 94.Doniyor Usmonov (11.Qadamboy Nurmetov, 41), 99.Doston Ibragimov (29.Makkartni Naveseb, 84).

“Andijon”: 71.Islombek Abdullayev, 4.Farhod Mirahmatov, 7.Jamshid Hasanov, 8.Farhod Bekmuratov, 9.Emmanuel Arivchukvu, 14.Mishel Ibe, 17.Abdullo Olimov (25.Qahramon Bahodirov, 75), 22.Usmonali Ismonaliyev (5.Xushnudbek Avilov, 75), 23.Timur Usmonov (10.Artyom Litvyakov, 80), 77.Jahongir Abdumo‘minov (11.Siroj Meliyev, 75), 88.Dmitro Zozulya.

Ogohlantirishlar: Ismonaliyev (18), Arivchukvu (22).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют