» » Yangi poyabzal oyoqni urganda, yarani davolashning 7 ta samarali usuli

Yangi poyabzal oyoqni urganda, yarani davolashning 7 ta samarali usuli


Ko‘pincha yangi yoki tor poyabzal oyoqda qadoqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yozning issiq kunlarida esa bunday noqulay holat ko‘ngilni xira qiladi. “Domashniy ochag” yangi poyabzal oyoqni urganda, yarani davolashning 7 ta samarali usuli haqida tavsiya berdi.

Poyabzalni almashtiring

Hozirgi ob-havo uchun maxsus sotib olingan poyabzal oyoqda urganda, ularni bir chetga olib qo‘yish kerak bo‘ladi. Shkafingizdan eski bo‘lsa-da qulay, terining shikastlangan joyiga ta’sir qilmaydigan oyoq kiyimni kiyganingiz ma’qul.

Yarani davolang

Qadoq joyni oqar suvda asta-sekin yuving. Yaraning atrofini 3 foizli vodorod periksidi, ko‘kdori, 2 foiz spirtli boriy kislotasi eritmasi yoki spirtli yod eritmasi kabi antiseptiklar bilan davolang. Diqqat qiling – yaraning o‘zi spirtli eritmalar bilan davolanmaydi. Bu kuyishga olib kelishi mumkin.

Hech qanday malham dori ishlatmang

Qadoq yaralarni davolashda biron bir krem yoki malham dori surish mumkin emas. Dermatologlar bu masalada qat’iy fikrga ega: krem va malham dorilar bunday yaralarni davolashni yomonlashtiradi.

Malhamli mato yoki bog‘ich (bint)

Havo qanchalik ko‘p bo‘lsa, jarohatlangan joy shunchalik tez shifo topadi. Iloji boricha qavargan joyga malhamli mato yopishtirmasdan, doka bog‘ich (bint) qo‘llash yaxshiroq. Yoki malhamli matoni astarli doka bilan qo‘llang – astarlanmagan malhamli mato yaraga yopishib qoladi va olinganda terini yanada ko‘proq yaralaydi.

Yarani bog‘lash va havo vannasi

Bir qo‘yilgan malhamli matoni kun davomida qo‘yib yurish mumkin emas. Iloji bo‘lsa uni kun o‘rtasida o‘zgartirish (antiseptik vositalar bilan davolashni unutmagan holda) va har tunda uni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash kerak. Agar hammomga tushmoqchi bo‘lsangiz, yarani yopish yaxshiroq.

Og‘riq qoldiruvchi vosita

Bu jiddiy jarohat emas, balki oddiygina qavariq. Ammo uning kechasi qanday og‘rishi barchaga ayon. Bunday vaziyatda ibuprofen juda yaxshi yordam beradi.

 Shifokorga murojaat qiling

Agar qadoq yara shifo topmasa, aksincha zarar ko‘rishda davom etsa, infeksiya yuzaga kelgan bo‘ladi. Bunday vaziyatda dermatologga murojaat qilish va uning nazoratida davolanish zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют