» » Shavkat Mirziyoyev akademik Muhabbat Abidova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev akademik Muhabbat Abidova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Kimyo-texnologiya sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Muhabbat Abidova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

Kimyo-texnologiya sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Muhabbat Abidova 17-avgust kuni 89 yoshida vafot etdi.

Muhabbat Abidova 1931-yil 10-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1954-yili O‘rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti (hozirgi Umumiy va noorganik kimyo instituti) aspiranturasida tahsil oldi. 1958-yili nomzodlik, 1975-yili doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olim 60 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi, O‘rta Osiyo yoqilg‘idan foydalanish instituti katta ilmiy xodimi, O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqiqot instituti sektor rahbari, laboratoriya mudiri, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri kabi lavozimlarda samarali mehnat qilib, mamlakatimizda ilm-fan sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

Zahmatkash olimning kimyoviy jarayonlar sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, patent va mualliflik guvohnomalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum. Uning katalizatorlar tizimi va kimyoviy jarayonlarga oid bir qator ilmiy ishlanmalari sanoat tarmoqlarida samarali qo‘llanib kelinmoqda.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Akademik Muhabbat Abidovaning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Muhabbat Abidovaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, B.Yo‘ldoshev

Avvalroq Prezident akademik Telman Rajabovning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘llagandi. Shuningdek, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti olimi Zokirjon Kanokov, akademik Sattor Tursunmuhammedov va professor Sobirjon Aminov vafoti haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют