» » Akademik Sattor Tursunmuhammedov vafot etdi

Akademik Sattor Tursunmuhammedov vafot etdi


Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (FA) akademigi Sattor Tursunmuhammedov 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Sattor Tursunmuhamedov 1929-yilda Turkiston (Qozog‘iston) shahrida tug‘ilgan. Olim 1976—1979-yillarda Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti direktori vazifasini bajargan.

1979—1983-yillarda Toshkent pedagogika instituti rektori, 1983—1985-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida falsafa kafedrasining mudiri bo‘lgan.

1993-yildan O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy pedagogika instituti, 1995-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan.

2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvonini olgan.

Xabarda 91 yoshli Sattor Tursunmuhammedovning o‘limi sababiga oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo 99 yoshida olamdan o‘tgani, Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют