» » Yaponiya hukumati Nissan va Honda’ni birlashtirishni rejalashtirmoqda

Yaponiya hukumati Nissan va Honda’ni birlashtirishni rejalashtirmoqda


2019-yilda Yaponiya hukumati Nissan va Honda kompaniyalariga birlashish taklifini bildirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Financial Times gazetasiga tayanib, Motor xabar berdi.

Nissan va Honda’ni birlashtirib yuborish g‘oyasiga Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening maslahatchilari mualliflik qilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur taklifga bir qator omillar sabab bo‘lgan: birinchidan, Karlos Gon hibsga olinganidan so‘ng, yapon hukumatida Renault-Nissan alyansi kelajagiga nisbatan shubha paydo bo‘lgan, ikkinchidan, jahon avtomobil bozoridagi raqobat keskinlashgan va yangi alyans yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilarining pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Va nihoyat, uchinchidan, ushbu qadam Nissan va Honda’ga haydovchisiz boshqariladigan mashinalar va elektromobillar sohasida olib borilayotgan ishlarni birlashtirish va shu orqali sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan bo‘lardi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi yapon alyansi hozirda Suzuki, Subaru va Mazda’ga ta’sir o‘tkazishga qodir Toyota’ga raqobatchilik qilishi mumkin. O‘z navbatida Honda mustaqil avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lib, kattaligi bo‘yicha mamlakatdagi uchinchi o‘rinda turadi: brend yiliga 4,8 million nusxa mashina sotadi.

Shunga qaramay, Nissan va Honda direktorlar kengashi hamon ushbu masalada biror yakuniy qarorga kelmagan. Bunga avtomobil brendlarining farqi, biznes-strategiyalar (Nissan elektromobillarni rivojlantirmoqda, Honda esa — vodorod dvigatellarni), shuningdek, Nissan alyans ichida Renault va Mitsubishi’ni ham rivojlantirishga diqqatini qaratgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют