» » 18-avgust – SSSRning so‘nggi missiyasi Oyga qo‘ngan kun

18-avgust – SSSRning so‘nggi missiyasi Oyga qo‘ngan kun


Bugun oxirgi sovet Oy apparatining yo‘ldosh sirtiga qo‘ndirilganiga 44 yil to‘ldi. 1976-yilning xuddi shu sanasida, ya’ni 18-avgust kuni “Luna-24” oykezari Oy sirtiga yumshoq qo‘nishni bajargan edi. “Daryo” sana munosabati bilan “Luna-24”ning Oyga amalga oshirgan parvozi haqida ma’lumot beradi.

Oy Yerga eng yaqin osmon jismi sifatida nisbatan ko‘p o‘rganilgan obyekt hisoblanadi. Oy tomon ilk avtomat kosmik stansiya parvozi 1959-yildayoq amalga oshirilgan edi va o‘shanda Sovet Ittifoqining “Luna-2” apparati tarixda ilk bora tabiiy yo‘ldoshimiz sirtiga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘sha yilning oktabrida “Luna-3” missiyasi Oyning bizga ko‘rinmaydigan, teskari tarafiga ham o‘tishga muvaffaq bo‘lgan va sivilizatsiya tarixida ilk bora odamlarga Oyning ko‘rinmas tomonining suratlarini olib ko‘rsatgan.

Keyinchalik “Oy poygasida” amerikaliklar hammadan o‘zib ketdi. Ular “Apollon” dasturi doirasida Oyga hatto odamlarni qo‘ndirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Oy missiyalarida bir necha bora Oydan regolit, ya’ni Oy tuprog‘i hamda toshlaridan namunalar keltirildi.

70-yillarga kelib esa Oyni o‘rganishda yangicha uskunalar – oykezar (lunoxod) apparatlardan foydalanishga o‘tildi. Xususan, 1970-yil noyabrida SSSRning eng birinchi “Lunoxod-1” oykezari uchirildi. Ushbu dastur doirasida oykezarlar Oy sirtida o‘zi mustaqil ravishda harakatlanib, tuproq va tog‘ jinslari namunalarini tekshirgan va Yerga qimmatli astronomik ma’lumotlarni yuborib turgan. Ular o‘rtacha 4–5 oy ishlab bergan.

Biroq boshqa osmon jismlaridan ko‘ra Yerga qanchalik yaqin bo‘lmasin, baribir Oyga apparat uchirish ham juda-juda qimmatga tushadigan serxarajat jarayondir. Shu tufayli o‘sha 70-yillardan keyin Oyga odam uchirish tugul hatto oddiy jonsiz apparat yuborish amaliyoti ham deyarli to‘xtatilgan. Masalan, sovetlarning oxirgi Oy missiyasi 1976-yilda rasman yopilgan edi. Bugun o‘sha oxirgi sovet Oy apparatining yo‘ldosh sirtiga qo‘ndirilganiga 44 yil to‘ldi. 1976-yilning xuddi shu sanasida, ya’ni 18-avgust kuni “Luna-24” oykezari Oy sirtiga yumshoq qo‘nishni bajargan edi.

“Luna-24” Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan o‘sha yilning 9-avgustida startga chiqqan bo‘lib, 11-avgust kunida u Oy yuzasidan 115 kilometr balandlikdagi barqaror orbitani egallagan. 18-avgust sanasida esa apparat Oyning janubi-sharqidagi Inqiroz Dengizi hududiga muvaffaqiyatli ravishda ohista qo‘nishni amalga oshirgan. Ushbu oykezarning asosiy vazifasi Oy gurunti namunasini yig‘ish va Yerga keltirishdan iborat bo‘lgan. U burg‘ulash usuli bilan 160 sm chuqurlikdagi tuproqdan 170 gramm Oy tuprog‘ini yig‘ib, o‘ziga joylagan.

Bundan avval ham “Luna-16” va “Luna-20” oykezarlari tabiiy yo‘ldoshimiz gruntidan namunalar keltirgan bo‘lib, “Luna-24” olgan namuna Oy tuproqlaridan olinishi rejalashtirilgan oxirgi proba bo‘lgan. Belgilangan vazifa bajarilgach, 19-avgust kuni “Luna-24” Oydan Yerga tomon qaytish uchun yana parvozga chiqqan. 22-avgust kunida esa apparat Tyumen viloyatidagi Surgut shahri hududidan janubi-sharq tomondagi taxminan 200 kilometr masofadagi joyga muvaffaqiyatli ravishda kelib qo‘ngan. Sovet olimlari ushbu keltirilgan Oy tuprog‘i namunalarining bir qismi NASA’ga topshirgan.

Yuqorida ham aytganimizdek, “Luna-24” Sovet Ittifoqining oxirgi Oy missiyasi sifatida tarixda qoldi. Juda muvaffaqiyatli bajarilganiga qaramay, 1970-yillarning o‘rtalariga kelib, SSSR ham, AQSh ham o‘zining Oy dasturlariga barham berdi. Chunki ushbu kosmik dasturlarga sarflanadigan mablag‘ning o‘zi ham kosmik raqamlarni taqozo etar edi. “Luna-24”dan keyingi Oy missiyalari yana 14 yil o‘tgachgina bajarilgan va unda ham SSSR yoki AQShning yirik miqyosli Oy dasturlari emas, balki Yaponiyaning kosmik ambitsiyalarini e’lon qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kichikroq Xiten kosmik apparati uchirilgan.

Yaponlar 1990-yilda uchirgan o‘sha “Xiten” apparati ham Oy sirtiga yumshoq qo‘na olmagan, balki zarb bilan urilib, pachoqlanib ketgan. AQSh esa faqat 1994-yilga kelib Oyga qaytdi va o‘shanda Klementina nomli apparat Oyni xaritalash bilan shug‘ullandi. Oy sirtiga “Luna-24”dan keyingi ilk yumshoq qo‘nishni esa faqat 2013-yilga kelib Xitoyning “Yuytu” nomli apparati uddaladi.

Hozirda sovet kosmik dasturlarining ma’lum ma’nodagi davomchisi hisoblanadigan “Roskosmos” tashkilotida “Luna-24”ning “ukasi” “Luna-25” loyihalanmoqda va u orqali Rossiya o‘zining ilk Oy missiyasini amalga oshirishi reja qilgan. “Luna-24” parvozi 2021-yilning yoz oylariga mo‘ljallangan.

Muzaffar Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют