» » Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi, “Mash’al” “Andijon” bilan durang o‘ynadi

Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi, “Mash’al” “Andijon” bilan durang o‘ynadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida o‘tkazilgan 18-avgust, seshanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

“Paxtakor” jamoasi “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Igor Sergeyev “sherlar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida hujumchi dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Abror Ismoilov o‘zi boshlagan hujumni gol bilan yakunlab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin yakunlanishi arafasida Hamidullo Abduhamidov hisobni qisqartirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 25 taga yetkazib oldi va 1-o‘ringa qaytdi. Qo‘qonliklar esa 16 ochko bilan 7-pog‘onada bormoqda.

Yana bir o‘yin “Mash’al” va “Andijon” jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘rtacha tempda o‘tgan o‘yinda hisob ochilmadi.

“Mash’al” 10 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi, “Andijon” (6) mavsumdagi oltinchi durangni qayd etgan holda 12-pog‘onadan joy olgan.

Coca-Cola Superliga

10-tur bahslari

18-avgust, seshanba

Gollar: 0:1 – 25 Sergeyev, 0:2 – 43 Sergeyev, 0:3 – 67 Ismoilov, 1:3 – 81 Abduhamidov.

“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov, 72), Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov, 71), Sardor Azimov (Islomjon Abdullayev, 80), Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayevats (Bek Abdullayev, 80), Yakuba Bamba.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 75), Yegor Krimets (Anzur Ismoilov, 62), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev, 71), Sardor Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov, 62), Vladimir Kozak, Farruh Sayfiyev (Sherzod A’zamov, 62).

Ogohlantirishlar: Rayevats (20), Bamba (22), Akbarov (86), Kozak (88),

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Sherzod Temirov, Ella Ken Armand (Nikita Pavlenko, 73), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev, Humoyun Murtozayev.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmuratov, Artyom Litvyakov, Usmonali Ismonaliyev, Temur Usmonov (Siroj Meliyev, 68), Doniyor Abdumannopov (Muhammad Yo‘ldoshev, 72), Nodir Mavlonov, Dmitro Zozulya.

Ogohlantirish: Qo‘ziyev (56).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют