» » Video: Yunusobodning Ahmad Donish ko‘chasi va chorrahasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar

Video: Yunusobodning Ahmad Donish ko‘chasi va chorrahasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar


Toshkentning Yunusobod tumanidan o‘tuvchi Ahmad Donish ko‘chasida yo‘l-qurilish ishlari davom etmoqda. Uzunligi 2,2 kilometrni tashkil etadigan yo‘l oralig‘ida piyodalar yo‘lagi, veloyo‘laklar, yashil hudud va shunga o‘xshash yana bir qator loyihalarni qurish boshlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bugungi kunda ushbu qurilish maydonida 100 dan ortiq maxsus texnika qurilish vositalari hamda 200 nafarga yaqin ishchi xizmatchilar faoliyat olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu yo‘lning afzalligi — chorrahalarning 90 metrgacha kengaytirilgani, aholining maroqli dam olishini tashkil etish maqsadida maxsus bolalar o‘yingohlari, maydonchalar tashkil etish ham nazarda tutilganida.

“Ahmad Donish hamda Yangishahar ko‘chalari kesishmasida yirik savdo majmuasi hamda ‘Yunusobod dehqon bozori’ joylashgani inobatga olinib, loyihada ushbu chorrahaning kengligi 94 metrga qadar kengaytirildi. Transport vositalarining to‘rt tarafdan o‘ng tarafga to‘xtovsiz o‘tishlarini ta’minlash maqsadida yo‘l o‘qida xavfsiz orolchalar barpo etilgan”, — deydi shahar hokimligi Qurilish boshqarmasining loyihalashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bahrom Yunusov.

Iyul oyida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Davron Xidoyatov qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshirilayotgani, ilk jarayon sentabr oyida yakunlanishi to‘g‘risida xabar bergandi.

Yunusobod tumanidagi yo‘lning butkul yakunlanishi noyabr oyiga rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: Yunusobodning Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘l qurilishi qachon yakunlanadi? (video)

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazilgan edi. Metroning yangi yo‘nalishlari Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan. Ko‘chani ta’mirlash ishlari metro yo‘nalishlari yakunlanganidan so‘ng boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют