» » Xalq ta’limi vazirligi: O‘zbekistondagi barcha maktablarda oktabrgacha burjuyka pechlaridan voz kechiladi

Xalq ta’limi vazirligi: O‘zbekistondagi barcha maktablarda oktabrgacha burjuyka pechlaridan voz kechiladi


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida 18-avgust, seshanba kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati xabar bergan.

Sherzod Shermatov pandemiya sharoitida kuzatuv kengashlari yig‘ilishlari o‘tkazilmagani sababli hududlardagi maktablarda direktor lavozimlari bo‘sh qolgani, bu masalani tez va sifatli hal qilish zarurligini ta’kidlagan.

Shuningdek, yig‘ilishda maktablarni ochish yuzasidan 3 ta ssenariy ustida ish olib borilayotgani, ularni yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirish zarurligi, xususan, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi masalasi muhimligi qayd etilgan.

Videoselektorda maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi masalasi ham ko‘rib chiqilib, barcha maktablarga oktabr oyiga qadar mahalliy hokimliklar bilan birgalikda burjuyka pechlaridan voz kechish zarurligi va buning uchun barcha choralar ko‘rilishi talabi ham qo‘yilgan.

“Bundan tashqari joylarda xarob ahvolda bo‘lgan maktab filiallari faoliyatini tugatib, ularni to‘laqonli maktablarga aylantirish zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi XTV axborot xizmatining xabarida.

Yig‘ilishda o‘qituvchilar o‘rtasida dars taqsimoti masalasi ham ko‘rilib, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bo‘yicha ham ma’lumot berilgan. Maktablarda o‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlashda ularning erishgan natijalari va kasbiy mahoratiga e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

2020-yilning iyun oyida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov viloyatdagi mavjud 1144 ta maktabning 294 tasi qish mavsumida haligacha “burjuyka” pechda isitilayotganini ma’lum qilgan. Iyul boshida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan Toshkentdagi yangi ta’mirlangan maktablar haqidagi videorolikdan keyin “Qachon viloyatda bo‘ladi?” deb qoldirilgan izohlarga javob berib, maktablarga sharoit yaratishda ko‘p masala hokimlarga bog‘liq ekanini aytgandi. Shuningdek, O‘zbekistondagi salkam 1200 ta maktab filiallari faoliyati tugatilishi va ular bosqichma-bosqich ravishda to‘laqonli maktablarga aylantirilishi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют