» » Jizzaxda tadbirkor faoliyatini noqonuniy tekshirgan veterinariya bo‘limi boshlig‘i jazolandi

Jizzaxda tadbirkor faoliyatini noqonuniy tekshirgan veterinariya bo‘limi boshlig‘i jazolandi


Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tadbirkorni tekshirish davomida qonunchilikka rioya etmaslik holati aniqlandi. Bu haqda Biznes-ombudsman matbuot xizmatiga tayanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning may oyida Zafarobod tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumashev va bir guruh qishloq xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan “Saodat ona” MChJning faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan.

Tekshiruv Zafarobod tuman hokimining qarori asosida, tumanda yerdan samarasiz foydalanish holatlariga barham berish va qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar mas’uliyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan. Mas’ul xodimlar tadbirkor tomonidan qonun talablariga rioya etilishini ta’minlab, ammo o‘zlari tekshiruv o‘tkazish tartibiga rioya etmagan.

Noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish maqsadida 2018-yilda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi ishga tushirilgan va ushbu davrdan so‘ng tadbirkorlar faoliyatidagi barcha tekshiruvlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu tizimda ro‘yxatga olinishi shartligi belgilangan.

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

“Saodat ona” MChJning faoliyatida tekshiruv o‘tkazgan mas’ullar mazkur tekshiruv tadbirlarini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmagan va shunga ko‘ra o‘tkazilgan tekshiruv noqonuniy hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Biznes-ombudsman tomonidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi nomiga taqdimnoma kiritilgan. Natijada Zafarobod tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumashevga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy choralar) 1-bandi bilan intizomiy jazo chorasi ko‘rilgan.

Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva xalq Ombudsmanni tanimasligini aytdi va uning faoliyatini tanqid qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют