» » Jizzaxda “Yermulkkadastr” xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Jizzaxda “Yermulkkadastr” xodimi pora bilan qo‘lga olindi


Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida istiqomat qiluvchi Sardor Yunusov (ism-shariflar shartli) uyining hujjatlarni rasmiylashtirish uchun “Yermulkkadastr” davlat korxonasining tuman filialiga bordi. Borishga bordi-yu, ammo ishi bitmayotganday tuyulaverdi, deya xabar beradi O‘zA.

Buni qarangki, o‘sha payt bu ishni bir zumda hal qilib beradigan odam ham topildi. Filialning ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Qobil Abdurahimov rasmiy to‘lovlardan tashqari “qo‘l haqi” uchun 300 ming so‘m berishini talab qildi.

Sardor Yunusov undan imkoniyatlarini chamalash va o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘radi. U o‘ylab ko‘rdi. Noqonuniy talab yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza yozdi.

Zafarobod tumani hokimligi ro‘parasida pora olayotgan Qobil Abdurahimov Jizzax viloyati IIB jinoyat qidiruv bo‘limining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют