» » Xorazmdagi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi

Xorazmdagi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi kengaytiriladi


“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytiriladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Bu haqda Prezidentning Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 17-avgustdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

“Hazorasp” EIZ Prezident farmoni bilan 2017-yilning 12-yanvarida faoliyat yuritish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil muddatga tashkil etilgan. Ushbu davr mobaynida davomida EIZ hududlarida maxsus soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.

Kengaytirilgan hududlarda zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Qaror bilan Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamg‘armasi tashkil etish ko‘zda tutilgan. Jamg‘arma mablag‘lari “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun Khorezm Invest Project investitsiya kompaniyasiga 10 yil muddatga 2,5 foiz stavkasida 13 million dollar miqdorida mablag‘lar ajratiladi.

Ustav fondi dastlab 30 million dollar (keyinchalik 100 million dollargacha oshiriluvchi) miqdorida bo‘lgan Investitsiya kompaniyasi NBU Invest Group, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning PSB Capital hamda “Asaka” ATBning Asaka Capital Invest investitsiya kompaniyalari ta’sischiligida shakllantirilgan.

Qarorda, shuningdek, Xorazm viloyatida 2020—2022-yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati 2,2 trillion so‘mlik 84 ta investitsiya loyihasi hamda umumiy qiymati 516,8 million dollarlik 26 ta istiqbolli investitsiya loyihasi ro‘yxati tasdiqlangan.

Istiqbolli 26 ta yirik investitsiya loyihasi va Xorazm viloyatining har bir tumanida qo‘shimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari 2021-yil 1-aprelga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida 2020-yilda umumiy qiymati 26 mln dollarlik to‘rtta korxona ishga tushadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют