» » Apple AQSh hukumati uchun maxfiy iPod yaratgani ma’lum bo‘ldi

Apple AQSh hukumati uchun maxfiy iPod yaratgani ma’lum bo‘ldi


iPhone ko‘plab datchiklari sabab keng funksionallikka ega. Biroq Apple’ning birorta zamonaviy devaysi Kaliforniya kompaniyasi tomonidan AQSh hukumati uchun maxsus yaratilgan iPod’ga teng kela olmaydi. Mazkur qurilmaga oid ma’lumotlar bilan kompaniyaning Devid Sheyer ismli sobiq xodimi bo‘lishgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Sheyerning so‘zlariga ko‘ra, hukumat pleyeriga Geyger datchigi o‘rnatilgan bo‘lib, u atrofdagi radiatsiya darajasini kuzatish imkoniyatiga ega. Muhandis 2005-yilda rahbariyati bilan noodatiy dialogga kirishganini so‘zlab bergan.

“Uyda o‘tirib keyingi yilda chiqishi kerak bo‘lgan iPod uchun kod yozayotgan edim. Eshikni taqillatmasdan iPod uchun dasturiy ta’minot yaratish boshlig‘i kirib (boshlig‘imning boshlig‘i) eshikni ortidan yopib qo‘ydi. Menga maxsus topshiriq borligini aytdi. Boshlig‘imning hech narsadan xabari yo‘qligini ta’kidladi. U Energetika vazirligidagi ikkita muhandisga maxsus iPod yaratishda yordam berishimni va bu borada faqat unga hisobot qilishimni ma’lum qildi”, — deydi Sheyer.

Sheyerning aniqlashicha, “Pol” va “Mettyu” ismli dasturchilar aslida vazirlikka emas, mudofaa shartnomasi bo‘yicha ishlagan. Ularning g‘oyasi bo‘yicha, iPod’ning ichki xotirasiga ma’lumotlarni yozib olishda yordam beradigan, biroq uni aniqlash qiyin bo‘lgan qo‘shimcha qurilmani qo‘shish rejalashtirgan. Shu bilan birga, qurilma oddiy iPod’dan farq qilmasligi kerak bo‘lgan.

“Pol” va “Mettyu” Apple’ning shtab-kvartirasi ofisga va iPod operatsion tizimining boshlang‘ich kodlariga ega bo‘lgan. Sheyerga esa iPod’ga qanday qo‘shimcha element qo‘shilgani to‘g‘risida ma’lumot berishmagan. iPod’dagi maxfiy ma’lumotlarni saqlash uchun qo‘shimcha bo‘lma ochilgan bo‘lib, u pleyer kompyuterga odatdagi tarzda ulanganida ko‘rinmaydi. Yozuvlarni ishga tushirish uchun “Sozlamalar” menyusining oxirgi qismida ko‘zga tashlanmaydigan opsiya paydo bo‘lgan — dasturchi uning nomiga aniqlik kiritmagan.

Hukumat iPod’i beshinchi avlod iPod Classic’ga asoslangan. Uning korpusi osonlikcha ochilgan, bundan tashqari, bu operatsion tizimi raqamli imzoga ega bo‘lmagan so‘nggi iPod hisoblanadi. Gadjet ustida ishlar bir necha oy davom etgan, shundan so‘ng “vazirlik dasturchilari” butunlayga ketgan.

Sheyer pleyerga aynan qanday qurilma o‘rnatilganidan bexabar. Shunga qaramay, Apple sobiq xodimining taxminicha, bu Geyger datchigi bo‘lishi mumkin. Uning yordamida har qanday aholi joylardagi radioaktiv ifloslanish holatini o‘lchash mumkin bo‘lib, bu odamlarda ortiqcha savollarni yuzaga keltirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Apple xodimi iPhone’ni ta’mirlaydigan maxfiy qurilma haqida gapirib bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют