» » Malida isyon ko‘targan harbiylar prezident va bosh vazirni qamoqqa oldi

Malida isyon ko‘targan harbiylar prezident va bosh vazirni qamoqqa oldi


Malida isyon qilgan harbiylar prezident Ibrohim Bubakar Keyt hamda bosh vazir Bubu Sisse hibsga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda France Press agentligi xabar bergan.

“Ular hozir zirhli transportda Kati tomon yo‘l olgan”, — degan qo‘zg‘alonchilar yetakchisi.

“RIA Novosti” agentligining Malidagi manbasi ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Rossiya tashqi ishlar vazirligiga ham Keyta va Sissening hibsga olingani haqida xabar kelib tushgan.

Malidagi isyon

Malida poytaxt Bamako shahri yaqinidagi harbiy qarorgohda isyon ko‘tarilgan. Oqibatda bir necha nafar vazir va hukumatning boshqa yuqori mansabdagi amaldorlari qo‘lga olingan. Ular orasida bosh vaziri va prezidentning o‘g‘li borligi aytilgandi.

Mamlakat hukumati qo‘zg‘alonchi harbiylarga murojaat qilib, ularni hotirjam tarzda tinchlik yo‘li bilan muammoni hal etishga chaqirgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, isyonga polkovniklar Dyau va Kamara, shuningdek, general Sheyk Dembele boshchilik qilmoqda.

Rossiya TIV Afrika qit’asi mamlakatidagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan. Malidagi voqealar keyinchalik qanday kechishi borasida taxminlar hozircha mavjud emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют