» » Hamidjon Aktamov: “Qizilqum”ning ichki ishlariga chetdagilar aralashmasa yanada yaxshi natijalar ko‘rsatamiz

Hamidjon Aktamov: “Qizilqum”ning ichki ishlariga chetdagilar aralashmasa yanada yaxshi natijalar ko‘rsatamiz


“Qizilqum” futbol klubi menejeri Hamidjon Aktamov Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida “Buxoro”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alaba (1:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Qo‘lga kiritilgan qiyin g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Juda og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Nihoyat uzoq kutilgan g‘alaba qo‘lga kiritildi va o‘ylaymanki, bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Muxlislar oldida qarzimiz ko‘p, navbatdagi bahslarda ham ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

Shuni aytishim kerak, koronavirus bizning futbolchilarni ham chetlab o‘tmadi va ko‘p futbolchilarimiz bundan sog‘ayib ham bo‘ldi. Ba’zilar endi-endi o‘ziga kelyapti. Yangi futbolchilar astoydil harakat qildi. Keyingi o‘yinlarda ham yanada faollik kutib qolamiz. Tajribali futbolchilarni o‘z safimizga qo‘shib oldik. Hammasi joyida. Yana o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu borada futbolchilar bilan muzokaralar ketyapti.

Agar ishimizga chetdagilar aralashmasa yanada yaxshi natija ko‘rsata olamiz. Kim haqida gapirayotganimni ko‘pchilik yaxshi biladi. Agar futbol kerak bo‘lsa, ana futboli yo‘q viloyatlarga borib futbolni ko‘tarsin. Daraxt endi hosilga kiradigan paytda tagidan kesish yaxshi emas. 2016-yil 6-o‘rinni olgandik, bu yil ham yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Nasib qilsa rahbariyat oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi.

Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” menejeri

“Qizilqum” 10-turga kelib mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolarini 5 taga yetkazib olgan holda 13-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa 11-turda “Metallurg” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют