» » Malida harbiylar isyon ko‘tardi, prezident iste’foga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar

Malida harbiylar isyon ko‘tardi, prezident iste’foga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar


Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta 19-avgustga o‘tar kechasi iste’foga chiqdi hamda mamlakat hukumati va parlamentini tarqatib yubordi, deya xabar bermoqda Meduza. Bu qurollangan harbiylar prezidentni bosh vazir Bubu Sisse va boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan birga qo‘lga olganidan so‘ng yuz berdi. Mali prezidenti ORTM telekanali orqali qisqa murojaat bilan chiqish qildi (murojaat vaqtida titrda “ketayotgan prezident” degan yozuv ko‘rsatilgan). Keyta iste’fo haqidagi qaror — uning prezidentlik vakolatlari yakuniga yetishiga hali uch yil bo‘lsa-da — hozirdanoq kuchga kirganini ma’lum qildi. “Men hokimiyat tepasida qolishim uchungina qon to‘kilishini istamayman”, — dedi Keyta.

Mali's President Keita resigns after military mutiny https://t.co/OTBWdTUkqd pic.twitter.com/x5RDAkT5sA

— Reuters (@Reuters) August 19, 2020

Harbiylar isyoni 18-avgust kuni poytaxt Bamako yaqinida joylashgan Kati bazasida boshlangan edi. Isyonchilar harbiy omborda saqlanayotgan qurollarni egallagan, ofitserlarni qo‘lga olgan, shundan so‘ng Bamakoga borib, prezident qarorgohini qamalga olgan. Shundan so‘ng askarlar — butun shaharni nazorat qilayotganliklarini namoyish etish maqsadida — Bamako ko‘chalari bo‘ylab erkin harakatlana boshlagan. ORTM telekanali ma’lum muddat efirni to‘xtatgan, so‘ng avvaldan yozib olingan dasturlarni namoyish eta boshlagan.

Askarlarning harakatlari iyundan beri prezident iste’fosini talab qilayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari ishtirokchilari tomonidan olqishlangan — namoyishchilarning fikricha, prezident Keyta korrupsiya muammosini hal qila olmagan va mamlakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. Isyonni qo‘llab-quvvatlagan M5-RFP muxolifat koalitsiyasi “bu harbiy to‘ntarish emas, balki xalq qo‘zg‘oloni” ekanini ma’lum qilgan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari Mali Adliya vazirligiga tegishli binoni yoqib yuborgan.

#Mali #Bamako Protesters gathered at the provisional negotiators HQ where after President IBK and his government were arrested. According to Sec.sources he accepted the terms and resign after his and family security was granted by military officials. pic.twitter.com/DFFEtMMSz7

— Gabrian Kovacs (@511ZGS) August 18, 2020

Prezidentning iste’fosidan so‘ng isyon qatnashchilari davlat televideniyesi orqali chiqish qilgan. Ular Xalqni qutqarish milliy qo‘mitasi tuzilganini e’lon qilgan. Mali harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Ismoil Vagening so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘mita “millat va tarix oldida mas’uliyatni o‘z yelkasiga olishga qaror qilgan”. U “maqbul muddatlar”da Malida saylovlar bo‘lib o‘tishini bildirgan.

BMT, Fransiya, AQSh va boshqa mamlakatlar Malida prezidentning qo‘lga olinganini qoraladi. BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish, shuningdek, Afrikaning 55 ta mamlakatini birlashtiruvchi Afrika Ittifoqi Keyta va qo‘lga olingan boshqa shaxslarni ozod etishga chaqirdi. G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) Malining tashkilot boshqaruv organlaridagi ishtirokini to‘xtatib qo‘ydi. Shuningdek, tashkilot Mali bilan barcha chegaralarni yopishga hamda EKOVAS a’zo mamlakatlar va Mali o‘rtasidagi har qanday moliyaviy opearsiyalarni to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют