» » Namanganda “ZIL” va Nexia to‘qnashuvi natijasida bir kishi vafot etdi

Namanganda “ZIL” va Nexia to‘qnashuvi natijasida bir kishi vafot etdi


Namangan viloyati Pop tumanida “ZIL” va Nexia avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Natijada avtomashinalardan birining haydovchisi tan jarohati olib vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 18-avgust kuni soat 09:00 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 22-kilometrida 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. Nexia rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan.

Oqibatda qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1966-yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida Nexia haydovchisi 34 yoshli Sh.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют